COURSEONLINE.UZ Elektron ta'lim va kutubxona tizimi
Qiyin masala

Poligondagi yo'l

Vaqt: 1 s Xotira: 128 MB Testlar: 7

Mashg'ulot poligoni h × w katakli xarita ko'rinishida berilgan: . — bo'sh katak, # — to'siq, S — start, F — finish. Kursant bir qadamda yuqori, past, chap yoki o'ng qo'shni katakka o'tadi (to'siqqa kira olmaydi). Startdan finishgacha eng kamida necha qadam kerak? Yetib bo'lmasa -1 chiqaring.

Kiruvchi ma'lumot

Birinchi qatorda h va w (1 ≤ h, w ≤ 100). Keyingi h qatorda xarita.

Chiquvchi ma'lumot

Eng kam qadamlar soni yoki -1.

Misol

Kirish
3 4
S..#
.#..
...F
Chiqish
5

Izoh

Kenglik bo'yicha qidiruv (BFS) algoritmini qo'llang.

Yechimni yuborish

Tekshirish 5–20 soniya oladi.